Futbol

“Napoli” Italiya kubogining birinchi yarim final o’yinida “Inter” ni mag’lub etdi

64

“Napoli” futbolchilari Italiya kubogining birinchi yarimfinal o’yinida “Inter” ni mag’lub etishdi. Milandagi o’yin 1: 0 hisobida Jennaro Gattuzo jamoasi foydasiga yakunlandi. Yagona gol, ikkinchi bo’lim boshida, Fabian Ruiz tomonidan kiritildi.
Ushbu jamoalar o’rtasidagi javob o’yini 5 mart kuni Neapolda bo’lib o’tadi. Yana bir yarim finalda “Yuventus” va “Milan” to’qnash kelishadi.

Fikr bildirish