Futbol

Neymar ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi

216

PSJ hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasida urilgan gollar soni bo‘yicha rekord haqida gapirganda ko‘z yoshlarini tiyolmadi.

29 yoshli futbolchi bungacha terma jamoa safida 68 ta gol urgan, afsonaviy Pele esa 77 ta gol bilan rekordchi bo‘lib qolmoqda.

«Pele rekordiga yaqinlashayotganimni qanday his qilyapman? Bu o‘zgacha hissiyot. So‘nggi ikki yil ichida ko‘p narsalarni boshdan kechirdim.

Ushbu statistik ma’lumotlar Braziliya termasida o‘z mamlakatim va oilam nomidan o‘ynaganimdan qanchalik xursand ekanligimni ko‘rsatadi. Men bu kabi hikoyalarni juda yaxshi ko‘raman.

Men o‘z tariximni yozaman. Aynan mana bu yerda. Men oilam va do‘stlarim men bilan faxrlanishlarini istayman», deydi Neymar va ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.

Hujumchi Braziliya terma jamoasida 2010 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U 107 o‘yinda 68 ta gol urgan.

Fikr bildirish