Tennis

Nihoyat, Denis Istomin g’alaba bilan boshladi

49

Hozirgina yakuniga etgan va 2 soatu 19 daqiqa davom etgan 1/16 final bosqichidagi murakkab bahsda Istomin mezbon tennischi Denis Evseevni uch set natijasiga ko’ra mag’lubiyatga uchrata oldi. Birinchi setni tay-brekda boy bergan hamyurtimiz keyingi setlarda bir xil 6:3 hisoblarida g’alaba qozonib, nimchorak finalga yo’l oldi. 

Endi Denis Istomin chorak final yo’llanmasi uchun amerikalik Makkenzi Makdonaldga qarshi kortga chiqadi. Makkenzi bugun 1 soatu 1 daqiqa davom etgan bahsda turnirning birinchi raketkasi, qozog’istonlik Mixail Kukushkinni 7:5, 7:5 hisoblarida taslim eta oldi. 

Taqqoslash uchun, Denis Istomin jahon reytingida 195, Denis Evseev 390, Makkenzi Makdonald esa 139-o’rinni egallab turibdi. Denis bugunning o’zida turnirning juftlik bahslarida ham kortga chiqali. U aynan yakkalikdagi raqibi Evseev bilan tandem hosil qilgan. Ular portugaliyalik Frederiko Ferreyra Silva va chexiyalik Tomas Maxak juftligiga qarshi 1/8 final o’yinini o’tkazadi.

Fikr bildirish