Jang san’atlari

Nurmagomedovning otasi: “Xabib – Fergyuson jangini ko’chirish ikki tomonning ham rejalariga kiritilmagan”

54

UFCning yengil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovning fikriga ko’ra, Dubay rossiyalik jangchining amerikalik Toni Fergyusonga qarshi jangi uchun yaxshi joy bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, jang hali ham 18 aprelga belgilangan, koronavirus tufayli u avvaldan rejalashtirilganidek Bruklinda bo’lmaydi.

“UFC koronavirus pandemiyasiga qaramay, 18 aprel kuni jangni o’tkazishga qaror qilganidan xursandmiz. Biz ushbu sanaga maqsadli ravishda tayyorgarlik ko’rmoqdamiz va uchrashuvni o’tkazish ikkala tomonning ham rejalariga kiritilmagan. Jang aniq qayerda bo’lib o’tishi unchalik muhim emas. Dubay – yaxshi variant”, – deb Abdulmanap Nurmagomedov so’zlaridan iqtibos keltirmoqda “Izvestiya” nashri.

Fikr bildirish