Futbol

O‘runov qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

19

O‘runov qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Futbol 18 oktabr, 2020, 08:34 0 Teglar:Legionerlarimiz
|
Spartak
|
Oston O‘runov10 kun vaqt kerak.

“Spartak” yarim himoyachisi, hamyurtimiz Oston O‘runov jarohati bois bugun Rossiya Premer-ligasi 11-turidan o‘rin olgan “Ximki”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. 19 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentdagi yig‘inida jarohat olgan edi.

Moskva klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘runov jarohatidan forig‘ bo‘lib, maydonga qaytishi uchun 10 kun talab etiladi. Shu tariqa, hamyurtimiz Rossiya kubogi doirasida “Enisey” jamoasiga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi.

Fikr bildirish