Futbol

O‘yin amaliyotisiz qolishi kutilayotgan Kavaniga La Liga grandidan taklif bor

200

«Manchester Yunayted» hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

RAC1 jurnalisti Jerar Romero so‘zlariga ko‘ra, «Barselona» yozgi transferlar oynasi yopilishidan oldin forvardning transferi borasida muzokara o‘tkazmoqchi.

Urugvaylik «Blaugranas» taklif etgan variantga rozi bo‘lishi mumkin, chunki Krishtianu Ronaldu qaytgach, uning «qizil iblislar» safidagi o‘rniga hech qanday kafolat yo‘q.

34 yoshli Kavani 2020 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib keladi. U 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Uning transfer qiymati 6 million yevroni tashkil qiladi.

Fikr bildirish