Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAga yo‘l oldi

37

Bugun ertalab asosiy jamoa BAAga yo’l oldi. Ma’lumki, Vadim Abramov 21 nafar o’yinchini yig’inga chaqirdi. Ammo, Abdurashid Ne’matov va Sardor Kulmatov sog’lig’i sababli ushbu O’MYda qatnasha olmaydilar.

Ta’kidlash joizki, yig’in davomida Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa Belarus jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi. Uchrashuv 23 fevral kuni Sharjadagi “Al Hamriya” stadionida bo’lib o’tadi va soat 18: 00da boshlanadi.

BAAda yig’inda qatnashadigan o’yinchilar ro’yxati:

Darvozabonlar: Eldor Suyunov, Abdumavlon Abdujalilov.

Himoyachilar: Egor Krimets, Umarbek Eshmurodov, Islom Qobilov, Xusniddin Aliqulov, Murod Xolmuxammedov, Oleg Zoteev, Akbar Ismatullaev.

Yarim himoyachilar: Sharof Muxitdinov, Sanjar Qodirqulov, Jasur Jaloliddinov, Oybek Bozorov, Aziz Turg’unboev, Abror Ismoilov.

Hujumchilar: Igor Sergeyev, Bobir Abdixalikov, Xumayun Murtazayev, Shoxruz Norxonov.

Fikr bildirish