Futbol

O’zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga yutqazdi.

9

Tailandda 23 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi Osiyo chempionatining yarim final o’yinlari bo’lib o’tdi. Dastlabki to’qnashuvda O’zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv Saudiya Arabistonining 1:0 hisobidagi minimal g’alabasi bilan yakunlandi.

Shunday qilib, 3-o’rin uchun bahsda Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlariga yo’llanma olish uchun jamoamiz 25 yanvar kuni Avstraliya bilan kuch sinashadi.

Fikr bildirish