Boks/MMA

O‘zbekistonlik bokschi to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng yana jang qiladi yoxud u Floyd Meyvezer tashkil qilayotgan kechada ringga ko‘tariladi

51

O‘zbekistonlik bokschi to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng yana jang qiladi yoxud u Floyd Meyvezer tashkil qilayotgan kechada ringga ko‘tariladi

Boks 22 oktabr, 2020, 11:44 0 Teglar:Professional boks
|
AQShRaqib ham ma’lum…

Professional boksda faoliyat yuritib, 5 ta seriyali g‘alabadan so‘ng, faoliyatida 4 yil tanaffus bo‘lgan yurtdoshimiz Botirali Mamajonov yana ringga qaytmoqda. U 20 noyabr kuni AQShning Florida shtatida tashkil etilayotgan jang oqshomida, birinchi og‘ir vazn toifasida ringga ko‘tariladi. Uning raqibi amerikalik Lamar Xarris (9-21-4, 5 KO) bo‘ladi. 

Biz hamyurtimiz bilan bog‘lanib, ushbu jang va faoliyatiga oid fikrlari bilan qiziqdik…

– Endi, faoliyatni yana tiklashga qaror qildik. Promouter Lank King ushbu jangimni tashkil qilib bermoqda. Nafaqat meni, umuman, ushbu jang kechasini King va Floyd Meyvezer ikkisi hamkorlikda o‘tkazmoqda. Qizig‘i, debyut jangimni ham ushbu promouter orqali amalga oshirgandim. Lank Kingning “Lank the king and lank” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladim. Yanada aniqroq qilib aytsak, bir yilda to‘rtta jangga shartnoma qildik. Ikki jangimdan so‘ng, uchinchisi jiddiy raqib va undan keyin yanada muhim to‘qnashuvlarni amalga oshirib berishga va’da berdi. Nasib qilsa, yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz.

O‘zbekistonlik bokschi to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng yana jang qiladi yoxud u Floyd Meyvezer tashkil qilayotgan kechada ringga ko‘tariladi

Ma’lumot uchun, Botirali Mamajonov so‘ngi jangini 2016 yil 14 oktyabrda o‘tkazib, Larri Xarrisni texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. 

Fikr bildirish