Futbol

O‘zil: «Afsuski, Yevropada islomofobiya o‘sib bormoqda» (foto)

9

Londoning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil Yevropada va dunyoda Islomga qarshi kayfiyatning o‘sishi haqida fikr bildirdi.

«Afsuski, Yevropada va dunyoning boshqa joylarida islomofobiya va aksilislomizm avj olmoqda, ommaviy axborot vositalari bunda katta rol o‘ynamoqda.

Bunga mening shaxsiy javobim shu: Biz bu namoyonliklarni kuchaytirmaslik uchun emas, balki ularni ezgulik bilan qurolsizlantirish va ularni jim qilish uchun munosabat bildirishimiz kerak», – deb post qoldirdi O‘zil o‘zining “Tvitter”dagi rasmiy sahifasida.

«Yaxshilik va yomonlik teng emas. Yomonlikni yaxshilik bilan itarib yuboring, shunda siz kim bilan adovatda bo‘lsangiz, u siz uchun yaqin do‘stga aylanadi», – deya qo‘shimcha qildi O‘zil.

Fikr bildirish