Futbol

OAV: “PSJ” 180 million yevroga Neymarni sotishga tayyor, almashish muhokama qilinmaydi

99

Fransuz futbol klubi “PSJ” hujumchi Neymarni, 180 million yevrodan kam bo’lmagan taklif bo’lsa, sotishga tayyor ekanligini e’lon qildi, deya xabar beradi Sport.es.

Manbalarda xabar berilishicha, Parij klubi dastlabki 300millionlik talabidan voz kechib, 27 yoshli Neymarni qaytarib olish istagini bildirgan Ispaniyaning ” Barselona” klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.

“PSJ” braziliyalik o’yinchining transferi uchun to’liq kompensatsiya olishni rejalashtirayapti. O’yinchini almashtirish imkonini rad etdi. Avvalroq, Kataloniya klubi Neymarni yarim himoyachi Koutinyuga almashtirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Fikr bildirish