Futbol

Oblak: “Liverpul” bir yildan beri yutqazmayapti. Ammo “Atletiko” ularga xohlagan narsalarini qilishlariga yo’l qo’ymaydi “

36

“Atletiko” darvozaboni Yan Oblak Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi “Liverpul” bilan o’tadigan dastlabki uchrashuvdan oldingi umidlari bilan o’rtoqlashdi.
“Liverpul” bir yildan beri yutqazmay kelayotgan jamoa. U munosib ravishda favorit jamoa, lekin bu biz taslim bo’lishimiz va xohlagan narsalarini qilishlariga imkon berishimiz mumkin degani emas. Ikkinchi o’yin oldidan imkoniyatlarni saqlab qolish uchun biz mavsumning eng yaxshi o’yinini o’tkazishni istaymiz.
Ularning har bir pozitsiyasida ajoyib futbolchilari bor. Biz ularning nafaqat uchta hujumchisi haqida, balki ularning hammasi haqida bosh qotirishimiz kerak ”, – deb Oblak so’zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

Fikr bildirish