Futbol

OFK kubogi: yarim finalga chiqqan “Nasaf” qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

192

Kecha, 22 sentyabr kuni OFK kubogi chorak finali doirasida Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Hindistonning “Mohun Bagan” jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub etib, turnirning mintaqalararo finaliga yo‘llanma olgani haqida xabar bergan edik.

OFK kubogi reglamentiga binoan, Qarshi jamoasi hozirgi bosqichgacha yetib kelib 100 ming AQSH dollari ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi.

“Nasaf” OFK kubogining mintaqalararo finalida Gonkongning “Li Man” jamoasiga qarshi to‘p suradi. Bir o‘yindan iborat bahs joriy yilning 20 oktyabr kuni Qarshida o‘tkaziladi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari ushbu raqibni mag‘lub etishsa, finalchi sifatida 750 ming AQSH dollari mukofot puliga ega chiqadi.

Finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun kurash Bahraynning “Al Muharraq” va Kuvaytning “Kuvayt SK” jamoalari o‘rtasida kechadi. “Nasaf” Gonkong klubidan ustun kelsa, hal qiluvchi uchrashuvni 5 noyabr kuni ushbu juftlik g‘olibiga qarshi o‘tkazadi. G‘olib jamoa – 1,5 million AQSH dollari mukofot puliga ega chiqadi.

Fikr bildirish