Jang san’atlari

Og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempionati koronavirus tufayli Qozog’istondan O’zbekistonga ko’chirildi

15

Og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempionati koronavirus tarqalishi sababli Qozog’istondan O’zbekistonga ko’chirildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko’ra, avvalroq koronavirus tarqalishi tufayli Qozog’iston hukumati Xitoyga chegaradosh mamlakatlardan yo’lovchilar kirishi va chiqishini cheklagan. 15-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qassim-Jomart Tokayev Qozog‘istonda birorta ham koronavirus bilan zararlanish holati qayd etilmaganligini, ammo mamlakat rasmiylari unga qarshi kurashishga tayyor ekanligini aytdi.
IWF Ijroiya qo’mitasi vujudga kelgan vaziyatni shoshilinch tartibda muhokama qildi va musobaqani O’zbekistonga ko’chirish qarorini qabul qildi. Shu tariqa, og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempionati 16-25 aprel kunlari Toshkentda bo’lib o’tadi.
2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy ma’muriyati Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismi (Xubey provinsiyasi) Wuhan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar bergan edi. Mutaxassislar kasallikning qo’zg’atuvchisini aniqlashdi – bu yangi koronavirus. JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka COVID-2019 rasmiy nomi berildi. Xitoy materigi mintaqasida ushbu kasallikka chalinganlar soni 70,5 mingdan oshdi, 1770 kishi vafot etdi, 10,8 ming kishi tuzaldi.

Fikr bildirish