Boks/MMA

Og’ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Endi Ruis taniqli kikbokschi Tayron Spongga qarshi 16 iyun kuni jang qilishi lozim edi.

166

Biroq meksikalikning Luis Ortisga qarshi jangga kelishuvi borligi sababli Spongga qarshi jang boshqa muddatga qoldirildi. SHu tariqa, Ruis navbatdagi jangini 43 yoshli Luis Ortisga qarshi o’tkazadigan bo’ldi.

Eslatib o’tamiz, Ruis o’tgan yilning may oyida Kris Arreolaga qarshi ringga ko’tarilib, raqibini ochkolar hisobiga ko’ra mag’lub etgan. 

Ortis esa so’nggi bor shu yilning 1 yanvarida CHarlz Martinga qarshi ringga ko’tarilib, raqibini 6 raundda nokuat qilgan.

Fikr bildirish