Xabaringiz bor, bugungi MMA oqshomida og’ir vaznli jangchimiz Azamat Nuftillaev (11-0) ham oktagonga chiqadi. Avvalroq, Nuftillaev rossiyalik Arsen Abakarovga qarshi jang qilishi haqida xabar bergan edik. Biroq Abakarovning sog’ligidagi muammolar tufayli ushbu jangda ishtirok eta olmaydi bo’ldi.
Azamat “Dragon” Nuftillaev bugungi oqshomda o’z vaqtida rahmatli Murod Xonto’raevni mag’lub eta olgan ukrainalik Yuriy Poracenkoga qarshi jang qiladi. Poracenko – Xonto’raev jangi 2017 yilning avgust oyida bo’lib o’tgan va unda ukrainalik jangchi bo’g’ish usuli bilan zafar quchgandi.
Umid qilamizki, bugun Nuftillaev o’sha mag’lubiyat uchun revansh oladi.