Jang san’atlari

Olga Zabelinskaya: O’zbekiston sog’lom millatni tarbiyalash uchun juda katta zaxiralarga ega

20

Albatta, Tokio Olimpiadasining ko’chirilishi Olimpiya o’yinlari boshlanishini sabrsizlik bilan kutayotgan muxlislarni xafa qildi.
Ammo vujudga kelgan vaziyat, birinchi navbatda, sportchilar, delegatsiya vakillari va ko’plab sayyohlarning sog’lig’ini saqlashni taqozo etadi. Ta’kidlash kerakki, ko’plab tajribali sportchilar ham ushbu qarorni ma’qullashdi. Xususan, ular orasida veloshosse bo’yicha Tokio Olimpiadasi litsenziya egasi Olga Zabelinskaya ham bor. Quyida intervyu bo’lib, unda sportchi Olimpiya o’yinlarining qoldirilishi va o’zining rejalari haqida fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
– Olimpiada qoldirilishiga qanday munosabat bildirdingiz?
– Mening fikrimcha, bu vaziyatdan chiqishning yagona yo’li, chunki hozirda ko’pchilikda mashq qilish uchun imkoniyat yo’q va ba’zi sport turlarida hatto litsenziyalar ham o’ynalmagan. Ammo, baribir, Olimpiada tomoshabinlar uchun bayramdir va hozirgi sharoitda bu bayram noo’rin. O’z navbatida, barchadan shifokorlarning tavsiyalariga amal qilishni va uyda qolishni so’rayman.
– Ushbu qaror sportchilarning tayyorgarligiga ta’sir qiladimi?
– Men boshqa sport turlari haqida gapira olmayman, lekin velosportda yiliga bir necha bor forma cho’qqisiga ko’tarilishimiz mumkin va bir yil kechikish, umuman, hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Hatto Olimpiadadan keyin sportni tark etmoqchi bo’lganlar uchun ham.
– Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, qanday harakat qilasiz? Reja tuzib chiqdingizmi?
– Umuman olganda, 2021 yil rejalarida respublikada ayollar velosportini rivojlantirish bo’lib, keyingi Olimpiya sikliga mo’ljal qilingandi. Federatsiya prezidenti va mamlakat rahbariyatining katta ko’magi bilan xalqaro maydonga chiqishni o’z ichiga oladigan va mamlakatdagi barcha qizlarni O’zbekistonda velosport bilan shug’ullanishlari uchun yuqori rag’batlantirishni beruvchi professional jamoani yaratish imkoniyati mavjud. Mamlakatimizda juda katta zaxiralar va sog’lom millat mavjud.

Fikr bildirish