Xokkey

Oliy Xokkey Liga vakillari “Paxtakor”ga tashrif buyurishdi

72

Oliy Xokkey Ligasida (OXL) O’zbekiston sharafini “Humo” poytaxt jamoasi himoya qiladi.
“Humo” o’yinlariga o’zbekistonliklar, shou-biznes va sport vakillari, “Paxtakor” FK futbolchilari mamnuniyat bilan tashrif buyurishadi. O’tgan yili poytaxtimiz futbol jamoasi bir necha marotaba “Humo”dagi hamkasblarini qo’llab-quvvatlash uchun kelishgan va shaybani tantanali otishda “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze, shuningdek futbolchilar Marat Bikmaev va Dragan Cheran ishtirok etishgan.
Kecha “Paxtakor” futbol klubiga Rossiya Xokkey federatsiyasi huzuridagi НППХ(xokkeychilarni tayyorlash milliy dasturi) “Qizil mashina” dasturi rahbari Vladimir Shalaev va OXL bosh direktori Kirill Pafifov tashrif buyurishdi. Mehmonlar orasida O’zbekiston xokkey federatsiyasining vakillari vitse-prezident Kirill Matveev va ijrochi direktori Elbek Mahmudovlar ham bor edi.
Mehmonlar “Paxtakor” FK bosh direktori Dmitriy Adisman va jamoa bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan uchrashishdi.
Faxriy mehmonlar stadiondagi “Paxtakor-79” memorialiga tashrif buyurishdi va 1979 yil 11 avgustda aviahalokatda halok bo’lgan jamoaning xotirasini yod etishdi.
Vladimir Shalaev, Kirill Pafifov, Kirill Matveev va Elbek Mahmudov “Paxtakor” jamoasini 2019 yilning muvaffaqiyatli mavsumi bilan tabriklab, ularga Osiyo Chempionlar Ligasi, Superliga va O’zbekiston kubogi o’yinlarida omad, muvaffaqiyat va g’alabalarni tilashdi.

Fikr bildirish