Twitter’da «Oltin to‘p» egasiga ovoz berish natijalari aks etgan surat paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Bavariya» va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski France Football tomonidan taqdim etiladigan mukofot g‘olibiga aylangan.
Ikkinchi o‘rinni «PSJ» a’zosi Lionel Messi egalladi. Kuchli uchlikni «Real Madrid» yetakchisi Karim Benzema yakunlab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, «OT» egasiga ovoz berish 24-oktabr kuni rasman yakuniga yetdi. G‘olib nomi 29 noyabr kuni Parijdagi tantanali marosimda e’lon qilinadi.