Engil vazn toifasi UFC reytingida 5-o’rinni egallab turgan Islam Maxachevning raqibi braziliyalik Rafael Dos Anos mashg’ulotda orttirib olgan jarohati sabab bo’lajak jangda ishtirok eta olmaydi. Bu haqida Maxachev o’zining Tvitter sahifasida xabar berdi.
“O’zingga qo’shib menga ham raqib top”, – deya Petr Yan qo’ygan xabar ostida fikr qoldirgan Maxachev.
Avvalroq sobiq chempion Petr Yanning raqibi, engil vazn toifasi chempioni Aljameyn Sterling ham UFC 267 turnirida oktagonga chiqmasligini malum qilgandi.
“Anos yana jarohat olganiga shaxsan men ishonmayman”, – deya fikrini davlm ettirgan Islam.
Islamning gapiga javoban sobiq UFC chempioni ham o’z so’zlarini xabar ostida izoh sifatida qoldirgan.
“Sen chindan ham meni yolg’onchilikda ayblayapsanmi? Dahshatli jarohatdan endigina forig’ bo’lib, jangga qaytishga tayyor turgandim. Sendan farqli ravishda mening oilam bor. Ularning kelajagiga men masulman”, – deya javob bergan Dos Anos.
Hozircha UFC rasmiylari Petr Yan va Islam Maxachevning bekor bo’lgan janglari haqida hech qanday izoh berishmagan. UFC 267 turniri 30 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida o’tkazilishi kerak. Yan katta ehtimol bilan ushbu oqshomda Kori Sendxagenga qarshi vaqtinchalik chempion kamari uchun okgagonga chiqishi mumkin.