“Endi tugatsam bo’ladi deb o’ylayman. Albatta g’alaba bilan ketishni istardim, ammo bunga arzimaydi. Bu men haqiqatdan ham taslim bo’lgan ilk jangim edi.
Hayotimda ilk marotaba bunday qurbonlikka sabr qilishni istamasligimni tushundim. Tanamni qiynashim uchun UFC menga etarlicha pul to’lamayapti”, – dedi Yakvinta.
Eslatib o’tamiz, Yakvinta 2018 yilda kamar uchun Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilgan va hakamlar qaroriga ko’ra yutqazib qo’ygandi.