Futbol

O’zbekiston CHempionlar ligasida 3+1 o’ringa ega bo’lishi mumkin

222

Bungacha O’zbekiston umumiy reytingda 9, G’arb mintaqasida 5-o’rinda edi. Yangilangan reytingda esa O’zbekiston umumiy reytingda 7, G’arb mintaqasida 4-o’ringa chiqib oldi.

Bunga OFK tomonidan reytingni tuzishdagi hisoblash tizimining o’zgartirgani sabab bo’ldi, deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o’z kanalida.

Ayni paytdagi holatga ko’ra O’zbekiston 2023 yil Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida 2ta va saralash bosqichida 2ta klubga ega bo’lishi kutilmoqda.

Hisoblash tizimi qanday o’zgardi? Oldinlari OFK OCHL va OFK kubogi musobaqasidagi klublarning ochkolarini qo’shardi va klublar soniga bo’lardi. Yani 2021 yil xalqaro maydonda yurtimiz sharafini 3ta klub himoya qildi (“Paxtakor”, AGMK va “Nasaf”). Yangilangan hisoblash tizimida OCHL alohida va OFK kubogi alohida hisoblandi. Yani “Nasaf”ning muvaffaqiyatli yurishi ochkolarimizning yanada ko’payishiga olib kelmoqda.

Yanada etiborli tomoni O’zbekiston 2022 yil ushbu reytingda G’arb mintaqasida 3-o’ringa chiqib olishi kutilmoqda. Ikkinchi o’rindagi Eron bizdan 0,405 ball ko’p to’plagan. Agar bu farqni yo’qqa chiqarib ikkinchi o’ringa chiqa olsak 2024 yilgi mavsumda O’zbekistonga OCHLda 3+1 kvotasi beriladi.

Eslatib o’tamiz, 2020-2021 yillarda OCHLda O’zbekistonga 1+1 kvotasi berilgan edi.

O'zbekiston CHempionlar ligasida 3+1 o'ringa ega bo'lishi mumkin

Fikr bildirish