Futbolimiz rahbari milliy jamoa oldida turgan keyingi musobaqalar masuliyati, ularga tizimli tayyorgarlik ko’rish, har bir o’yinda sidqidildan harakat qilish lozimligi haqida fikr bildirdi.
Milliy terma jamoada o’ynash har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam bo’lib, vatan sharafi uchun kurashishi va yurt obro’sini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilish kerakligi takidlandi.
SHuningdek, futbolchi va murabbiylar bilan o’tgan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O’FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi malum qilindi. O’z o’rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari o’z fikrlarini bildirib o’tishdi. Abdusalom Abdumavlonovich bo’lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.
Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan suhbatda tayyorgarlik jarayonida kuchli jamoalarga qarshi o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazish muhimligini etirof etdi. Srechko Katanes terma jamoamiz bilan ishlashdagi dastlabki taassurotlari va fikr-mulohazalarini bildirdi. Klublardagi muntazam mashg’ulotlarda futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida etibor qaratish zarurligi aytilib, bu borada jamoalarga kerakli ko’rsatmalar berilishiga qaror qilindi.
Tibbiy shtab tomonidan jarohat olgan futbolchilar borasida malumotlar eshittirildi va O’FA Prezidenti ularga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam ko’rsatish amaliyotini davom ettirishga ko’rsatma berdi.
SHundan so’ng O’zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Tbilisiga jo’nab ketdi.