Futbol

O’zbekiston futbol associaciyasi terma jamoalar departamentida tajribali mutaxassis Usmon Toshev ish boshlaganidan xabaringiz bor.

152



O'zbekiston futbol associaciyasi terma jamoalar departamentida tajribali mutaxassis Usmon Toshev ish boshlaganidan xabaringiz bor.

“Murabbiylarni yomon, deb o’tirishdan oson ish yo’q”- Usmon Toshev

Teglar : 
O’zbekiston futbol AssociaciyasiUsmon Toshev
O’zbekiston futbol associaciyasi terma jamoalar departamentida tajribali mutaxassis Usmon Toshev ish boshlaganidan xabaringiz bor.

Mazkur bo’limda ish boshlashi, Srechko Katanec, terma jamoaning rejalari haqida bir nechta savollar bilan Usmon Toshevni suhbatga chorladik. 

– Boshqaruv sohasida faoliyat olib borish siz uchun begona emas. O’z vaqtida "Nasaf"da menejerlik lavozimida faoliyat olib borgansiz. O’FAda ish boshlashingiz qanday yuz berdi?

– Avvalo taklif qilishdi. Aytganingizdek tashkilotchilik borasida bilim va ko’nikmam bor. Tojikistonda ham shunday bo’lim bilan birgalikda faoliyat olib bordik. SHuncha yildan beri futbol ichida bo’lsam, associaciyadagi jarayon haqida to’liq bilmas edim. O’zim uchun ham bu qiziqarli. Ushbu bo’limning murabbiylarga foydasi tegishi kerak. Ularga o’z ishi bilan shug’ullanishi uchun sharoit yaratib berilmog’i lozim. CHunki ayrim hollarda barcha ish murabbiyning zimmasida qolib ketadi, menejerlik, tashkiliy ishlar va hokazo. Murabbiy maydonga chiqdimi faqat futbol haqida o’ylasinmi yoki boshqa ishlarni? SHu bois ularga hamma sharoitlar yaratilishini taminlamoqdamiz. 

Terma jamoalar departamenti boshlig’i sifatida reformaciya qilishga shoshilmadingiz…

– Reformaciya amalga oshirishdan oldin kim qanday ishlayotganini ko’rish darkor. Hozirgi murabbiylarni yomon deyishdan oson ish yo’q. Lekin barcha sharoitlarni yaratib berib o’zaro hurmat asosida ish qilish maqsadga muvofiq. Bizning murabbiylarimiz yomon emas. Faqat ularni hurmat qilishimiz zarur. Sen yomon, men yaxshi deyish hammaga ham yoqadi. Menimcha ayni paytda reformaciyaga ehtiyoj sezmadim. 

– Milliy  terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan har doim aloqada bo’lasiz. Sloveniyalik mutaxassis qanday talablarni qo’ymoqda? CHunki o’z vaqtida Iroq terma jamoasida faoliyat olib borganida bu borada ancha qattiq turgani haqida eshitganmiz…

– Bilasizmi, har bir jamoaning o’z saviyasi bor. Butun dunyoda talablar bir xil. Talabi kuchli yoki kuchsizga ajratilmaydi. Milliy terma jamoa futbolimizning eng ustida turadigan narsa. SHunga yarasha talab ham bor. Buni normal holat sifatida qabul qilaman. Katanec o’z ishini biladigan oddiy inson. Uning ko’rsatmalarini biz ham, futbolchilar ham bajara olamiz. Juda oddiy narsalar. Gruziya bilan o’yin arafasida mashg’ulotlardagi aytganlari oddiy qila oladigan ko’rsatmalar ekan. 

O'zbekiston futbol associaciyasi terma jamoalar departamentida tajribali mutaxassis Usmon Toshev ish boshlaganidan xabaringiz bor.

– Srechko Katanec kelgach SHveciya, Gruziya kabi terma jamoalar bilan o’ynay boshladik. Bu yoqimli holat. CHunki hamma davrda ham bunday darajadagi raqiblar bilan to’qnash kelavermaymiz. Bunga etirozimiz yo’q. Ammo FIFA reytingimizdagi o’rnimizni ham o’ylashimiz lozim…

– Maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish. SHunday ekan yutamizmi yoki yutqazamiz o’zimizni tayyorlab borishimiz shart. Buni murabbiy tanlaydi. U bergan vazifani ko’radi. Muxlislar kuchli terma jamoalar bilan o’ynashni istashadi. Lekin rivojlangan davlatlar 2-3 yillik rejani, kimlar bilan o’ynash, qaerda yig’in o’tkazish hammasini tuzib qo’ygan. Biz bu borada ortda qolganmiz. Ammo yuqorida aytgan yo’nalishimga tushib olishga harakat qilmoqdamiz, deya olaman. Kuchli raqiblar bilan o’ynash orqali o’sishimiz mumkin. Bo’limimizni qilgan birinchi ishi shu bo’ldiki O’zPFLga bir yillik rejamizni berdik. 

– SHu o’rinda savol tug’iladi. Vadim Abramov boshqargan paytda Superliga istagan vaqtda to’xtatib qo’yilib terma jamoa yig’ilgan, FIFA kunlaridan tashqarida ham yig’inlar olib borilgan vaqtlar bo’ldi. CHempionat bilan esa hech kimning ishi bo’lmadi…

– Aminmanki, bizda bunday holat yuz bermaydi. Diyor juda aqlli, ishini biladigan bola. Agar ichki chempionatimizni kuchaytirmasak terma jamoani kuchli qila olmaymiz. Siz aytgandek avgustda, mayda tanaffus olib yig’in tashkil qilib yuraversak tartib buziladi. Buning uchun reja asosida ishlashimiz zarur. Klublardagi murabbiylarning mashg’ulotiga to’sqinlik qilmasdan albatta. G’ururimizni bir chetga surib men emas biz, deb ishlasak hammasi ko’ngildagidek kechadi. O’zPFL taqvimiga ko’ra 26 fevral kuni Superkubok o’yini o’tkazilsa, 2 mart sanasidan Superligaga start beriladi. Birgalikda muhokama qilib ishlasak kerakli natijaga erishamiz. Bu erda amerika ochish kerakmas. 

O'zbekiston futbol associaciyasi terma jamoalar departamentida tajribali mutaxassis Usmon Toshev ish boshlaganidan xabaringiz bor.

– Oldinda yana qanday terma jamoalar bilan o’ynashimiz ehtimoli bor?

– Yanvar oyida BAAga yo’l olamiz va 10 kunlik yig’in olib boramiz. Keyin Yaponiyaga borib o’rtoqlik o’yinida ishtirok etib qaytiladi. 2 fevral kuni terma jamoamiz qaytadi. SHu bilan mart oyida FIFA kunlarida yig’ilishadi. Toshkentda uchrashuv tashkillashtirish payidamiz. Muzokaralar ketmoqda. Evropadan jamoa taklif qilishga harakat qilamiz. 

– O’tgan yili yozda klubda ish boshlaganingizda "Buxoro" mening uyim, degandingiz. Qilinadigan ishlar ko’pligi ko’p edi. Qiyinchilikdan qochdingizmi?

– Hozir ham buni aytaman. Buxoroda futbol qarash "o’zgaribdi". Uning atrofidagi muhit umuman boshqacha. Uch oy ichida ko’p ish qildik. Ammo qiynalmadim. Har bir sohada qiyinchilik bor. Hech qaerda shoxona hayot taminlanmagan. Futbolga to’sqinlik qiladigan narsalar bilan duch keldim. O’FAdan oddiy taklif olmadim. Ikkita tomonni taqoslab bu erni tanlashga qaror qildim. Hakim Fuzaylov jamoani Superligaga olib chiqishiga tilakdoshman. "Buxoro"ga omad tilayman. 

O'zbekiston futbol associaciyasi terma jamoalar departamentida tajribali mutaxassis Usmon Toshev ish boshlaganidan xabaringiz bor. 
			Muallif : Iskandarov Abdulaziz

Fikr bildirish