O’zbekiston futzal terma jamoasi 24 sentyabr kuni mundialning nimchorak finali doirasida Eronga qarshi kurash olib borgan va 8:9 hisobida imkoniyatni boy berib, mardlarcha musobaqani tark etgan edi. Bugun Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga keldi.
Vilnyus – Istanbul – Toshkent reysi bilan ortga qaytgan qahramonlarimizni muxlislar va OAV vakillari kutib olishdi. Futzalchilarimizning kutib olinishidan suratlarni saytimizning maxsus bo’limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA