Futbol

O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH-2022 saralash bahslari oldidan yig’inga jami 30 nafardan oshiq futbolchilarni jalb qilgandi.

258



O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH-2022 saralash bahslari oldidan yig'inga jami 30 nafardan oshiq futbolchilarni jalb qilgandi.

“Meni hayotda ko’rganlarning fikri boshqacha bo’lyapti”. Lutfulla To’raev tanqidlarga qanday javob berdi?

Teglar : 
Bunyodkor intervyuLutfulla To’raev
O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH-2022 saralash bahslari oldidan yig’inga jami 30 nafardan oshiq futbolchilarni jalb qilgandi.

Biroq o’tgan safar bo’lgani kabi bu gal ham milliy terma jamoaga chaqirilgan Lutfulla To’raev yig’inga qo’shilgani yo’q. Omma orasida buni muxlislar bosimi tufayli shunday qildi, degan fikrlar qulog’imizga chalindi. Biz esa barchasiga oydinlik kiritish maqsadida Lutfulla To’raevni suhbatga chorladik. 

– O’zbekiston milliy terma jamoasining so’nggi ikki yig’iniga chaqirilganingizga qaramasdan yakuniy ro’yxatdan tushib qoldingiz. SHubhalarga o’rin qoldirmaslik uchun hammasini o’zingiz aytib bersangiz…

– Gap muxlislarning bosimida emas. Terma jamoaga boshqa paytlar chaqirilganimda borganman. Tizzamdagi jarohat sabab bu safargi yig’inni o’tkazib yuborishga majbur bo’ldim. Agar jarohatimni davolamasam keyinchalik kuchayib ketishi mumkin. "Nasaf" bilan kubok o’yinida jarohat olganim uchun keyingi o’yinlarda zaxirada qoldim. Superligadagi tanaffusdan foydalanib jarohatimni tuzatib olishni lozim, deb bildim. Ikki tomonlama kelishib shunday qarorga keldik. 

– Bu safar terma jamoamiz optimal tarkib bilan Saudiya Arabistoniga yo’l oldi. Yaman, Singapur, Saudiya Arabistoni bahslarda to’liq asosiy tarkib maydonga tushishini taxmin qilamiz. Natija ham shunga yarasha bo’lishi kerak…

– To’g’ri. Avvalgi uchrashuvlardan farqli ravishda to’liq tarkib jamlandi. Terma jamoadagi barchaga ishonaman. Uchta o’yinda yuz foizlik natijani qo’lga kirita olishadi. Ular bunga qodir. Saudiya Arabistoni kuchli raqib. Lekin nima uchun ulardan qo’rqishimiz kerak? Bizning yigitlar hech kimdan kam emas. Mezbonlarni o’z maydonida yutib kelishlariga shaxsan o’zim ishonaman. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH-2022 saralash bahslari oldidan yig'inga jami 30 nafardan oshiq futbolchilarni jalb qilgandi.

– Har safar terma jamoa ro’yxati elon qilinganda sizning ismingizni o’qigan muxlislarda tanqidlar yuzaga kelmoqda. Yuqoridagi terma jamoaga bormaganingizni ham bosim tufayli, deyayotganlar ham bor…

– Meni hayotda ko’rmaganlar semiz, qari, deb o’ylaydi. Haqiqiy hayotda, ko’chada ko’rib qolganlar esa boshqacha fikr bildiradi. Bunday holatlar ko’p bo’lgan. Muxlislardan teleekran ortidan bo’lsa ham, terma jamoamizni qo’llab-quvvatlashlarini so’rab qolaman. 

– Superligada yuzaga kelgan tanaffus jismoniy tomondan tiklanib olishga qanchalik foyda bo’lmoqda? CHunki bundan keyin yoz faslida o’tadigan uchrashuvlar katta jismoniy kuchni talab qiladi…

– Tanaffus kerak edi. O’yinimizni yanada yaxshlab, xatolar ustida ishlash uchun ayni payti. Boisi Superligada uchrashuvlar orasida vaqt qisqaligi uchun bunday imkoniyat kam bo’ladi. Jismoniy holat qancha yaxshi bo’lsa ham, yozda soat 17:00da o’ynash juda qiyin. Issiqda yugurish bilan, salqin havoda yugurishning o’rtasida farq bor. Balki keyingi turlarni soatini kechroq qo’yishar. Ko’ryapsiz, oldingi yillarda ham bunchalik issiq bo’lmagandi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Fikr bildirish