Intervyu. Islom To’xtaxo’jaev: “Futbolni tushunadigan inson muammo faqat himoyada emasligini bilib turgandi”
Teglar :
O’zbekiston MTJ intervyuIslom To’xtaxo’jaevVadim Abramov
O’zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistonidan uchralgan mag’lubiyati va Jahon chempionati bilan xayrlashgani hali hamon muhokama markazida bo’lib turibdi.
Mag’lubiyatdan so’ng xatolar, kamchiliklar va aybdorlar qidirilishi odatiy hol. Muvaffaqiyatsizlikning bosh sababchichsi Vadim Abramov ko’rsatilayotgan bo’lsa, qolgan omillar ham bu borada o’z tasirini o’tkazdi. Birinchi o’rinda muammoli chizig’imiz himoya. Xo’sh, aslida ham gap shundami? Saudiya bilan o’yindan oldin nima uchun bunchalik xavotir yuzaga keldi? Qaerda xatoga yo’l qo’ydik? SHu va boshqa mavzularda tajribali himoyachi Islom To’xtaxo’jaevni suhbatga chorladik.
– Saudiya Arabistoni bilan o’yindan oldin nima uchun bunchalik kuchli xavotir va ishonchsizlik yuzaga keldi? Oldinlari Eron bilan ham, Koreya bilan bunchalik holat kuzatilmasdi…
– To’g’risini aytsam meni ham bu holat hayron qoldirdi. Avvallari bunday darajada ishonchsizlik bo’lmagandi.
– Balki tashqaridan bo’layotgan bosim futbolchilarga tasir qilganidanmi yoki boshqa sababmi har holda yigitlarning ko’zida ishtiyoq va olov ko’zga tashlanmadi. Xuddi o’yindan oldin mag’lubiyatga uchrab maydonga chiqishgandek taassurot qoldirishdi…
– Professional sportchiga tashqi omillar tasir o’tkazmasligi kerak. Futbolchilar umuman hamma borini berdi. Mag’lubiyatdan so’ng shunday tuyulgan, deb o’ylayman.
– Biz qachon bosim ostida o’ynashga o’rganamiz?
– Braziliyaliklarga yoki evropaliklarga o’xshab yoshlikdan ruhiy jixatdan futboldan zavq olishni o’rgatishimiz kerak.
– Nima uchundir chempionatimizda o’zini ko’rsatayotgan himoyachilar terma jamoaga kelganda yo’q bo’lib qoladi? Vadim Abramov bundan 10 yil oldin ham himoya og’riqli nuqtamiz ekanligini takidlagandi. SHaxsan o’zingiz mudofaa chizig’i vakili sifatida mazkur vaziyatga qanday fikr bildirasiz?
– Hammaning fikri shunday. Vadim Abramov terma jamoa boshqaruvini qo’liga olganidan beri faqat himoyadagi muammolar haqida gapirib kelindi. Futbolni tushunadigan odam muammo faqat mudofaa chizig’ida emasligini bilib turgandi. Har kimning qarashi turlicha. Yaxshi himoyachilarimiz juda ko’p. Bir necha yillar oldin himoya chizig’imizni yaxshi deyishardi. Ayni paytda esa teskarisi. Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvda hisob ochilgunigacha zarba berish bir chetda tursin, raqibni maydonning yarimidan o’tkazmadik. Aytganimdek muammo himoyada emasligi ko’rinib qoldi.
– Odil Ahmedovning himoyada o’ynashini futbolchilar istashgani rostmi? Bu voqeadan qanchalik xabaringiz bor?
– To’g’risi bundan xabarim yo’q. Agar rost bo’lsa, ochig’i hayron qoldim. Saudiya Arabistoni bilan o’yin darajamiz qandayligini ko’rsatib qo’ydi. Ular istaganda yana 5-6ta gol urishi mumkin edi.
– Har to’rt yilda mundial ostonasida qolib ketadigan terma jamoamiz endi uchinchi bosqichga chiqa olmadi. Bu haqiqiy sharmandalik. Biz qaerda xatoga yo’l qo’ymoqdamiz?
– Kamchilik va xatoni boshidan izlash kerak. Hozir hamma bosh jamoa natija ko’rsata olmaganidan aybni qidirmoqda. Oldindlari yoshlar, o’smirlar terma jamoalarimiz muntazam Jahon chempionatlarida o’ynardi. Hozir so’nggi bor qachon katta arenada ishtirok etishganini eslolmayman. Futbol strukturasini yaxshilamay turib Saudiya Arabistoni yoki shunga o’xshash allaqachon futbol tizimini yo’lga qo’yib olgan terma jamoalar bilan raqobatlashishimiz juda qiyin.
– Ektor Kuperni himoyaviy o’yini, deb ketkazib yubordik. Lekin biz hujumkor futbol bilan Osiyo grandlarini yuta olamizmi? Hujumkor futbol bilan ularga bas kela olamizmi? Bunga tayyormizmi?
– Ektor Kuper kelganida birinchi bo’lib himoyani to’g’irlab olishimizni, keyin sekin-sekin hujumkor uslubga o’tishimizni aytgandi. Argentinalik murabbiy boshqargan paytda o’ynagan himoyachilarda mudofaada qanday o’ynash odatiy holga aylangandi.
– Falastin bilan o’yinda futbolchilar ataylab yutqazib bergan, degan fikrlar yana katta sahnaga chiqmoqda…
– Tuhmatni gunohi og’ir bo’ladi. Dinimizda bunday gaplar gapirgani ehtiyot bo’lish lozim.
– Ektor Kuperning uslubi tushmadi, dedik. Vadim Abramov nimalar qilganini hamma ko’rdi. Endi bizga qanday murabbiy kerak?
– Xorijdan yaxshi mutaxassis olib kelib vaqt berishimiz zarur. Ektor Kuperni boshlagan ishini oxiriga etkazmasdan tezda haydadik. Oddiy misol Karlos Keyrushni Eronni qanday darajaga olib chiqqanini qarang.
– Bu erda ayb taktika tanlashni bilmagan, futbolchilarni joylashtirishni uddasidan chiqmagan Vadim Abramovdami yoki shuncha yillar davomida yig’ilib kelingan xatolarning yakunimi?
– Ko’rgan bo’lsangiz Yamanni ham qiynalib yutdik. Ayb faqat murabbiyda emas. Hamma futbolga aloqador qanchadan-qancha futbol maydonlarini ko’paytirish o’rniga uy qurilishga berib yuborishmoqda. Bizning avlod asfaltda, qumli maydonda to’p tepib katta bo’ldi. Etishib chiqayotgan yoshlarga sharoitlar qilib berishimiz darkor.
– Darhaqiqat bola futboldan chiqadi uyiga keladi, to’yib ovqatlanadi yoki o’sha ovqatni ham emaydi. Hammaning uyida ham qozonida go’sht qaynamaydi. Klublarimizni esa o’rinbosarlar, U-18 jamoasidagi futbolchi bilan ishi ham yo’q…
– Endi shu narsani biz yutishimiz kerak bo’lgan Janubiy Koreya, Eron, Yaponiya bilan solishtiring. Ularda qanday, bizda qanday.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi