Futbol

O’zbekiston Superligasi o’zining ayni qaynoq pallasiga kirib bormoqda. Uryiqit avjida. Lekin vaqt o’tib borgan sari barchasi oydinlashib borayotgani ham bor gap.

358



O'zbekiston Superligasi o'zining ayni qaynoq pallasiga kirib bormoqda. Uryiqit avjida. Lekin vaqt o'tib borgan sari barchasi oydinlashib borayotgani ham bor gap.

“Metallurg”da hozir havaskorlar ishlamoqda – Andrey SHipilov

Teglar : 
intervyuAndrey SHipilov
O’zbekiston Superligasi o’zining ayni qaynoq pallasiga kirib bormoqda. Uryiqit avjida. Lekin vaqt o’tib borgan sari barchasi oydinlashib borayotgani ham bor gap.

SHoshilmang, hali intriga to’liq yakuniga etgani yo’q. Oldindagi uchta tur ikkinchi, uchinchi o’rin egalarini, Superligadan tushib ketuvchi keyingi jamoa nomini aniqlab berishi kundek ravshan. Kecha O’zPFL tomonidan 24-tur sanalari elon qilindi. Biz ushbu tur oldidan tajribali mutaxassis Andrey SHipilovga yuzlandik. Suhba asnosida o’zimizni qiziqtirgan bir nechta savollarni berishga jazm qildik. 

– Andrey Segeevich oldinda bizni final maqomida o’tishi kutilayotgan navbatdagi 3ta tur uchrashuvlari kutmoqda. SHunday ekan mutaxassis sifatida 23-tur bahslari oldidan taxmin va fikrlaringiz bilan o’rtoqlashsangiz…

– Menimcha "Turon" Superligadan tushib ketib bo’ldi. "Mashal"ni Pro ligaga tushib ketishini istamagan bo’lardim. Yaxshi jamoa. Aleksandr Xomyakovni murabbiy va inson sifatida juda hurmat qilaman. Viktor Kumikov "Andijon"da titanik misoli qutqaruvchi rolida ish olib bormoqda. Ular elitada qolishga haqli ekanliklarini so’nggi turlardagi o’yinlari orqali ko’rsatishmoqda. "Surxon"ning futbolchilari ham harakat qilyapti. 

– O’yinlarga qanday taxmin bildirasiz?

– AGMK – "Andijon", mezbonlar g’alaba qozonadi. "Bunyodkor" – "Qizilqum" murosa ko’chasini tanlashadi, deb o’ylayman. "Lokomotiv" – "So’g’diyona" uchrashuvida ham durang qayd etiladi. "Navbahor" – "Metallurg", maydon egalari uch ochkoga ega chiqadi. "Mashal" – "Turon", muborakliklar g’alaba qozonadi. "Paxtakor" – "Surxon", "sherlar" g’alabani tantana qiladi. Ikkinchi va uchinchi o’rinlar uchun Olmaliq va Jizzax shahri bosh jamoalari kurashsa kerak. 

– Joriy mavsumning ilk turidan so’ng "Metallurg"dan ketdingiz. Tabiiyki sizda chempionatni tashqaridan kuzatish imkoni bo’ldi. Taassurotlar qanday bo’lyapti? Nima yoqmoqda yoki aksincha?

– Haqiqatdan ham daraja keskin tushib ketdi. Yuqoridagi 4-5likdagi jamoalar o’z o’rnida. "Paxtakor" qaysidir manoda kuchli taslim bo’ldi, deya olaman. "Lokomotiv" esa medallar uchun kurashishi kutilgandi. "Nasaf" o’z darajasida barqaror ketmoqda. Jizzaxda kuchli va irodali jamoa shakllanyapti. AGMK ham barqaror va muhimi ishonchli strategiya bilan oldinga intilmoqda, desam noto’g’ri bo’lmaydi. Quyidagi besh jamoa esa mavsum davomida muammolar bilan o’ralashib qoldi. Murabbiylar esa "paypoq"dek almashmoqda. Ko’rinib turibdiki, futbolchilar va o’yin bilan bog’liq muammolar bor. SHuningdek klub ichida muammolar ko’p. 

O'zbekiston Superligasi o'zining ayni qaynoq pallasiga kirib bormoqda. Uryiqit avjida. Lekin vaqt o'tib borgan sari barchasi oydinlashib borayotgani ham bor gap.

– Ushbu mavsumda har bir turda hakamlik bilan bog’liq etirozlar va bahsli vaziyatlar yuzaga kelmoqda. So’nggi uchrashuvlarga kelib murabbiylar ochiq fikrlarini bayon qilishga kirishdi. Mikael Sekeyra va Ro’ziqul Berdiev hakam, Piter Xyuistra maydon borasida etirozlarini berkitmadi. Bu nimadan dalolat bermoqda?

– Futbolimiz xalqaro maydonda nufuzi oshishini istasak, biz o’z jamoamizdagi narsalarni tartibga solishimiz kerak. Hamma narsani oqilona rejalashtirish zarur. Futbolchilarimizni Evropa chempionatiga qo’yib yuborish foydali bo’lardi. Rossiya, Ukraina, Italiya, Belgiya, Polsha va hokazo. Qarang Eron, Janubiya Koreya, Yaponiya bu ishni qanday amalga oshiryapti. 

– Sobiq jamoangiz "Metallurg"ning qoniqarsiz natijalari sizni ajablantirayotgani yo’qmi?

– Hammasi kutilganidek. 

– Siz boshqargan yillarda jamoa barqaror natija ko’rsatib kelayotgandi. Asosiy tarkibda ham bir nechta yoshlar debyut qilishga erishdi. Jamoa esa tartibli futbol ko’rsatardi…

– Men ishlagan davrda kombinat rahbarlaridan tortib murabbiylargacha professional kishilar edi. Hozir esa havaskorlar, yani o’z ishining professionali bo’lmaganlar ishlashyapti.

– Keyingi mavsumda sizni Superliganing biror jamoasida ko’ramizmi?

– Ochig’i bu savolga nima deb javob berishni ham bilmayman. Superligada murabbiylar o’rtasida raqobat kuchliligini aytishim mumkin.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Fikr bildirish