
Teglar :
Superliga
O’zbekiston Superligasining 20-turi yakuniga etdi.
Etiborli jihati, mazkur tur doirasidagi 7 o’yinning hech birida mehmonlarning g’alabasi qayd etilmadi.
"Qo’qon-1912" 1:1 "Andijon", 2314 muxlis
"Paxtakor" 3:1 "Turon", 2203 muxlis
"So’g’diyona" 2:0 "Metallurg", 987 muxlis
AGMK 1:0 "Surxon", 1003 muxlis
"Navbahor" 0:0 "Qizilqum", 4525 muxlis
"Lokomotiv" 2:1 "Mashal", 355 muxlis
"Nasaf" 5:0 "Bunyodkor", 3051 muxlis
Mazkur turni 14 438 ishqiboz stadionning o’zidan tomosha qildi (o’rtacha 2063 nafar). Guvohi bo’lganingizdek, eng ko’p muxlis "Navbahor" va "Nasaf"ning uy o’yinlarida ishtirok etdi. Eng yomon natija esa "Lokomotiv" — "Mashal" o’yinida qayd etildi.
7 o’yinda jami 17 gol urildi (o’rtacha 2,4). To’plarning 14 tasi mezbon, 3 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko’p gol "Nasaf" va "Bunyodkor" o’rtasidagi o’yinda urildi (5). Faqat 1 bahsda darvozalarga to’p kiritilmadi ("Navbahor" — "Qizilqum").
Faqat 1 futbolchi dublga erishdi. "Nasaf" forvardi Husayn Norchaev "qaldirg’ochlar" darvozasini 2 bor ishg’ol qildi.
20-turda referilar 34 marta cho’ntaklaridan sariq rangdagi kartochkalarni chiqarishga majbur bo’lishdi (o’rtacha 4,8 tadan).
Eng qo’pol o’yin Qo’qondagi bahs bo’ldi. Rahimbek Karimov 90 daqiqa ichida 11 futbolchini ogohlantirdi.
Faqat 1 futbolchiga qizil kartochka ko’rsatildi (2-sariqdan keyin) — Sunnatilla Ermatov ("Turon").
Faqat 2 bor 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.
Malumot uchun, Superliganing keyingi tur o’yinlari 1 oktyabrda start oladi. Markaziy uchrashuv poytaxtda. O’yinlarni o’tkazib yubormang!
01.10.2021 – 16:00. "Qo’qon-1912" — "Paxtakor"
01.10.2021 – 18:15. "Metallurg" — "Lokomotiv"
02.10.2021 – 15:30. "Mashal" — "Nasaf"
02.10.2021 – 15:45. "Andijon" — "So’g’diyona"
02.10.2021 – 18:00. "Bunyodkor" — AGMK
03.10.2021 – 16:00. "Surxon" — "Navbahor"
03.10.2021 – 18:15. "Qizilqum" — "Turon"
"Toshkent grandlarining muxlislari sinfdoshlarimdan ham kamroq!"
Muallif : Faxriddin Ro’ziyev
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.