Futbol

O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Singapur bilan o’yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

431



O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Singapur bilan o'yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vadim Abramov: “Singapurga qarshi o’yindan oldin tarkibda bitta yo’qotish bor”

Teglar : 
Vadim Abramov O’zbekiston MTJMatbuot anjumani JCH-2022 saralashi
O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Singapur bilan o’yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida Vadim Abramov OFK vakili tomonidan berilgan uchta savolga javob berdi xolos. Boshqa savol berilmadi. 

– Ertaga koronavirus pandemiyasidan keyingi birinchi rasmiy o’yinimiz bo’ladi. Bu yangicha formatdagi turnir. Uzoq vaqt davomida biz rasmiy o’yinlarda ishtirok etmadik.

– Bu o’yinlardan oldin albatta Saudiya Arabistoni mezbon sifatida ustunlikka ega. Lekin barchasi o’z qo’limizda. Imkoniyatimiz 50/50. Bizda ungacha yana ikkita o’yin bor, shuni unutmaslik kerak.

– Yo’qotishlar yo’q va hamma sog’-salomat. Faqat Oybek Bozorovda diskvalifikaciya bor. U 2020 yil Tailandda o’tgan U-23 Osiyo chempionati so’nggi o’yinida qizil kartochka olgandi", – dedi Vadim Abramov O’FA matbuot xizmatiga. 

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Singapur bilan o'yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

foto: O’FA matbuot xizmati

Fikr bildirish