Futbol

O’zbekiston terma jamoasi JCH saralash o’yinlarida Yaman, Singapur, Saudiya Arabistoni va Falastin bilan bir guruhda kurash olib bormoqda.

226



O'zbekiston terma jamoasi JCH saralash o'yinlarida Yaman, Singapur, Saudiya Arabistoni va Falastin bilan bir guruhda kurash olib bormoqda.

JCH saralashdagi raqibimiz ham mashg’ulotlarni boshladi. Murabbiy intervyu berdi

Teglar : 
singapurJCH saralash
O’zbekiston terma jamoasi JCH saralash o’yinlarida Yaman, Singapur, Saudiya Arabistoni va Falastin bilan bir guruhda kurash olib bormoqda.

Bugundan Singapur terma jamoasi ham mashg’ulotlarni boshladi. Jamoa bosh murabbiyi Tatsuma Yoshida bo’lajak o’yinlar uchun 26 nafar futbolchini taklif etdi. "SHerlar" 3 iyun kuni Falastin, 7 iyunda O’zbekiston va 11 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushishadi.

Tarkibga nazar tashlar ekanmiz, uch nafar yangi futbolchini ko’ramiz. Bular – Sayfulloh Akbar, Ibraki Adnan va hujumchi Ilhan Fandi. Terma jamoa ustozi Tatsuma Yoshida yig’in oldidan shunday dedi: 

– "Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadigan JCH saralash bahslariga 26 nafar futbolchi bilan yo’l olamiz. Tarkibda uch nafar yangi futbolchi bor, o’ylaymanki, ular ham o’zlarini ko’rsatadi. Saudiyaga ketishdan oldin Dubayga borib, u erda Afg’oniston bilan o’ynaymiz. Har ikki jamoa o’zaro kelishuviga ko’ra, bu o’yin yopiq tarzda kechadi. 31 may kuni esa Ar Riyodda bo’lamiz". 

– "O’tgan bir yil davomida umuman o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazmadik. SHu bois Afg’oniston bilan kechadigan bahs biz uchun muhim hisoblanadi. Biz faqat shu o’yin orqali rasmiy bahslarga tayyorgarlik ko’ramiz. Guruhdagi vaziyat haqida nima deyishim mumkin? Raqiblar kuchli. Lekin shunga qaramay, biz ham o’zimizni ko’rsatishga harakat qilamiz. Men uchun eng muhimi, jamoam har bir o’yinda maydonga chiqib oxirigacha kurashishini xohlayman. Maqsadimiz esa guruhda ikkinchi bo’lish".

Fikr bildirish