Futbol

O’zbekiston – Yaman o’yinlari tarixi yoxud yana yirik hisob umidi

202

Garchi bu mamlakatda hamon notinchlik hukm surayotgan bo’lsada, futbolga nisbatan qiziqish va etibor hamon baland. Har holda, mamlakat jamoalari barcha yosh toifalaridagi OFK musobaqalarida faol ishtirok etishga urinmoqda. To’g’ri, Yaman milliy jamoasi Osiyoda katta mavqega ega emas. Lekin yamanliklarning oxirgi 2ta jahon chempionati saralashida qatnashish imkoniyatini topishgani ham salmoqli yutuq hisoblanadi. Umuman olganda, futbol Yamanga bugun yoki kecha kirib bormagan. Deylik, yamanliklar 1998 yili Franciyada tashkillashtirilgan JCH saralash bosqichida aynan O’zbekiston terma jamoasi bilan guruhdosh bo’lishgandi.

Bilasiz, futbolimiz aynan o’shanda jahon chempionati saralashida debyutini nishonlagan edi. Asosiy fakt shuki, bosh jamoamiz o’z tarixida mundial sari yurishni shu raqibga qarshi o’yin bilan boshlagandi. 1997 yil. Sano. Yaman – O’zbekiston – 0:1. Xullas, debyut o’yinda No’mon Hasanovning penaltidan urgan yagona goli evaziga g’alaba nashidasini surganmiz. To’g’ri, vakillarimiz ilk uchrashuv hayajoni tasiridami, muayyan qiyinchiliklarga duch kelishgan, xususan, futbolchilar yaratilgan vaziyatlardan foydalanish masalasida oqsashgan edi. Poytaxtimizda bo’lib o’tgan javob o’yinida esa milliy jamoamiz asl darajasini ko’rsatib, yirik – 5:1 hisobida ustun kelgan. O’shanda Igor SHkvirin va Oleg SHackix «dubl»ga erishishgan va yana bir gol Ravshan Bozorov hisobiga yozilgandi. Umuman, Rustam Mirsodiqov rahbarligidagi O’zbekiston termasi birinchi bosqichdan aytarli muammosiz o’tgandi, biroq keyingi raundda ancha jiddiy raqiblar (Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA va Qozog’iston) qurshoviga tushib, yakunda guruhda atigi 4-o’rin bilan kifoyalangan. Darvoqe, Qozog’iston va BAA  termalariga qarshi kechgan oxirgi 2ta o’yinda hamyurtlarimiz braziliyalik Vega da Silva etakchiligida maydonga tushgandi.

 2018 yili Rossiyada tashkil etilgan jahon chempionatida ishtirok etishni ko’zlagan jamoamiz saralash chig’irig’ida Yaman termasi bilan yana bir bora to’qnash keldi. Mirjalol Qosimov ustozligida kurashga kirishgan futbolchilarimiz ilk o’yinda mag’lubiyat alamini totib ko’rishdi. KXDRda suniy qoplamali maydonda to’p surgan vakillarimiz yakunda 2:4 hisobida yutqazishdi va buning oqibatida bosh murabbiy o’zgardi – Qosimov o’rnini Samvel Babayan egalladi. Uning milliy jamoadagi debyuti Toshkentda aynan Yaman termasi bilan bo’lgan o’yinga to’g’ri keldi. Esingizdami, malum muddatli tanaffusdan keyin yana terma jamoaga qo’shilgan Aleksandr Geynrix 51-daqiqada belgilangan jarima zarbasidan unumli foydalanib, Babayanni noxush debyutdan saqlab qolgandi. Javob bahsi esa noyabr oyida Qatarda o’tkazildi va unda Aziz Haydarov, Server Jeparov va Stanislav Andreev 3:1 ko’rinishidagi ishonchli g’alabani taminlashdi. O’z o’rnida bitta qiziqarli malumot: ayni payt O’FA terma jamoalar bo’limi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan Aziz Haydarov bosh jamoamiz libosidagi yagona golini aynan o’sha o’yinda urgandi. Ushbu terma jamoa bilan so’nggi to’qnashuvimiz Vadim Abramovning terma jamoa postiga ikkinchi bor qaytishiga to’g’ri keldi. “Paxtakor” markaziy stadionida o’tgan uchrashuvda vakillarimizdagi mahorat va tajriba o’z so’zini aytgan, bu esa yakunda uchrashuvning 5:1 hisobida tugashiga sababchi bo’lgan, deya olamiz. 

O'zbekiston - Yaman o'yinlari tarixi yoxud yana yirik hisob umidi

1. JCH-1998 saralashi (birinchi bosqich)

YAMAN – O’ZBEKISTON – 0:1 (0:1)

09.05.1997. Sano. «Ali Muhsin» stadioni. 28000 tomoshabin.

Gol: No’mon Hasanov (30-pen.).

2.  JCH-1998 saralashi (birinchi bosqich)

O’ZBEKISTON – YAMAN – 5:0 (1:0)

24.08.1997. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 20000 tomoshabin.

Gollar: Igor SHkvirin (6, 68), Oleg

SHackix (61, 80), Ravshan Bozorov (67).

3. JCH-2018 saralashi (ikkinchi bosqich)

O’ZBEKISTON – YAMAN – 1:0 (1:0)

03.09.2015. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 15000 tomoshabin.

Gol: Aleksandr Geynrix (51).

O'zbekiston - Yaman o'yinlari tarixi yoxud yana yirik hisob umidi

4. JCH-2018 saralashi (ikkinchi bosqich)

YAMAN – O’ZBEKISTON – 1:3 (0:2)

17.11.2015. Doxa. «Suhaym Bin Hamad» stadioni. 360 tomoshabin.

Gollar: Aziz Haydarov (7), Server Jeparov (31), Stanislav Andreev (50).

5. JCH-2022 saralashi (ikkinchi bosqich)

O’ZBEKISTON – YAMAN 5:0

10.10.2019. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 28571 tomoshabin

Gollar: Sanjar Qodirqulov 2, – 1:0 (Dostonbek Hamdamov). Eldor SHomurodov 33, – 2:0 (Farrux Sayfiev). Jamshid Iskanderov 53, – 3:0 (Sanjar Qodirqulov). Islom To’xtaxo’jaev 72, – 4:0 (Jaloliddin Masharipov). Igor Sergeev 90, – 5:0 (Dostonbek Hamdamov).

Umumiy statistika: 5ta o’yin, 5ta g’alaba. 15ta gol urilgan, 2ta gol o’tkazib yuborilgan. O’zaro o’yinlarda Igor SHkvirin, Oleg SHackix 2tadan gol urib to’purar bo’lib turibdi. Ravshan Bozorov, No’mon Hasanov, Aleksandr Geynrix, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Stanislav Andreev, Sanjar Qodirqulov, Eldor SHomurodov, Jamshid Iskanderov, Islom To’xtaxo’jaev, Igor Sergeev hisobida 1tadan gol mavjud. Eldor SHomurodov ertangi bahsda 2ta gol urib SHackix va SHkvirinning rekordini yangilash imkoniyati bor. 

Terma jamoamizga Yaman bilan uchrashuvda omad va zafarlar tilab qolamiz. Olg’a O’zbekiston!

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Fikr bildirish