Futbol

Pandemiya sababli qoldirilgan Toshkent xalqaro marafoni 6 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi

25

Marafon va yarim marafon ishtirokchilarining yoshi 18 yoshdan katta bo‘lishi shart, 3 km. masofaga yugurish ishtirokchilarining yoshi esa cheklanmagan. Marafon va yarim marafonda qaysi mamlakatdan kelganligidan qat’i nazar, barcha sportchi va havaskorlar qatnashishlari mumkin.


Foto: uzevent.com

6 dekabr kuni Ikkinchi Toshkent xalqaro marafoniga start beriladi. 22 mart kuni o‘tishi kerak bo‘lgan marafon pandemiya sababli qoldirilgan edi.

G‘oliblar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi klassik marafonda (42 195 metr), yarim marafonda (21 097,5 metr), shuningdek, 3 km. masofalarga yugurishda aniqlanadi.

Marafon va yarim marafon ishtirokchilarining yoshi 18 yoshdan katta bo‘lishi shart, 3 km. masofaga yugurish ishtirokchilarining yoshi esa cheklanmagan. Marafon va yarim marafonda qaysi mamlakatdan kelganligidan qat’i nazar, barcha sportchi va havaskorlar qatnashishlari mumkin.

Mart oyigacha ro‘yxatdan o‘tgan va kirish to‘lovini to‘lagan barcha ishtirokchilar qayta belgilangan o‘tkazish sanasida avtomatik ravishda tanlagan yugurish masofasi turiga ro‘yxatga qo‘yiladi.

Har bir ishtirokchiga masofani bosib o‘tgan vaqtini qayd etuvchi elektron chipli shaxsiy raqam beriladi.

Fikr bildirish