Futbol

“Paxtakor” dunyoning TOP-150 klublari qatoriga kirdi

61

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyoning eng kuchli 400 klubi ro’yxatini e’lon qildi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu reytingda “Paxtakor” aktivida 112 ochko to’plagan holda 140-o’rinni egallab turibdi va Osiyo klublari ro’yxatining kuchli o’nligidan joy olgan.
2018 yilda “Paxtakor” ushbu reytingda 394-o’rinni egallagan. Bir yil ichida jamoa 254 pog’onaga ko’tarildi.
IFFHS 1991 yildan beri klublarni oylik reytinglashda qatnashib keladi. Reyting 1/16 finaldan boshlab qit’a bo’ylab va qit’alararo musobaqalar, milliy chempionatlar va milliy kuboklar o’yinlarining natijalarini hisobga oladi.
Barcha davlatlar milliy liganing kuchiga asoslangan 4 toifaga bo’lingan: eng kuchli ligalar klublari har bir g’alaba uchun 4 ochko, durang uchun 2 ochko va mag’lubiyat uchun 0 ochko olishadi; ikkinchi toifadagi klublar g’alaba uchun 3 ochko olishadi, durang uchun 1,5, mag’lubiyat uchun 0 va hokazo.

Fikr bildirish