Futbol

Peti: “Neymar klubga va muxlislarga xayrixoh emas, unda boshqalarga nisbatan hurmat yo’q “

34

Fransiyaliklar braziliyalikni yoqtirishmayapti.

Fransiya milliy terma jamoasining sobiq o’yinchisi Emmanuel Peti PSJ hujumchisi Neymar nomiga tanqid bilan chiqdi.

“Zinedin  Zidan va Yuriy Djorkaeff bilan birga o’ynaganimda, ular o’yin natijasini yakka o’zlari hal qila olishlarini bilardim. Shuning uchun ular mudofaa harakatlarini e’tiborsiz qoldirganliklariga biz o’zaro tushunish bilan yondashar edik.

Biz buni qabul qildik va o’z ishimizni qildik, chunki ular bizga yorqin chaqnashlari bilan g’alaba olib kelishlarini bilar edik. Ammo bu Neymarning holati emas. Bu yigit o’zi uchun va faqat o’zi uchun o’ynaydi.

O’zingizni PSJ yechinish xonasi yigitlari o’rniga qo’yи ko’ring, ular bir necha oylar davomida Neymarning injiqliklarini kuzatib kelishadi. U klubga va muxlislarga xayrixoh emas, unda boshqalarga nisbatan hurmat yo’q », – deya Peti so’zlaridan iqtibos keltiradi Petal Goal.com nashri.

Fikr bildirish