Xokkey

“Pitsburg” “Toronto” ni Malkinsiz yutdi

42

“Pittsburgh Penguins” MXLning doimiy mavsumdagi mezbonlik o’yinida “Toronto Maple Leafs” jamoasini 5: 2 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. G’oliblar tarkibida Sidney Krosbi 4 (1 + 3) ochko to’pladi. U golli seriyalarini 5 o’yingacha uzaytirdi va bunda 11 (3 + 8) ochko to’pladi.
Brayan Rast “pingvinlar”da yana 3 (1 + 2) ochkoga ega bo’ldi. Yevgeniy Malkin uchrashuvda qatnashmadi. “Toronto”da snayperlar bahsida 43 ta gol bilan birinchi o’ringa chiqqan Oston Metyus va Kayl Clifford gollarga mualliflik qilishdi.
Pittsburg ketma-ket uchinchi o’yinda g’alaba qozongan bo’lsa, Toronto 4 uchrashuvda uchinchi mag’lubiyatni qabul qildi.

Fikr bildirish