Futbol

Pochettinoning qancha maosh olishini bilasizmi?

18

«PSJ» bosh postiga yangi tayinlangan Maurisio Pochettinoning klubda oladigan maoshi ochiqlandi.

La Parisien ning ma’lum qilishicha, argentinalik mutaxassisga oyiga 525 ming yevro (yiliga 6,3 million) to‘lanadi.

Biroq ushbu summa har yili bajarilgan ishga qarab ma’lum bir miqdorda o‘sib borishi ko‘zda tutilgan. Kelasi yil Pochettinoning daromadi yiliga 7,5 million yevroga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun parijliklar sobiq murabbiyi Tomas Tuxelning oylik maoshi 350 ming yevroni tashkil etgan.

Fikr bildirish