DMCA siyosati

DMCA siyosati

Bizning saytimizga tashrif buyurganingiz uchun tashakkur bildiramiz. Uz-sport.com sayti boshqa shaxslarning intellektual mulkka bo’lgan huquqlarini hurmat qiladi va biz saytimizning boshqa foydalanuvchilari ham boshqalarning intellektual mulklariga bir xil hurmat bilan munosabat qilishlarini istaymiz.

Bizning veb-saytimiz mualliflik huquqlariga nisbatan 1998 yilda qabul qilingan Raqamli Asrda mualliflik huquqini himoya qilish to’g’risidagi qonunga (Digital Millennium Copyright Act) binoan siyosatni yuritadi. Bu yerda Siz bizning uz-sport.com veb-saytimizda mualliflik huquqlarini buzilishi to’g’risidagi ma’lumotni topishingiz mumkin. Raqamli Asrda mualliflik huquqini himoya qilish to’g’risidagi qonunga muvofiq Biz intellektual mulk va mualliflik huquqlarining buzilishi bilan bog’liq barcha da’vo va shikoyatlarga javob berishga doimo tayyormiz.

Mualliflik huquqlarining buzilishi haqida xabardor qilish:

Agar siz biron-bir mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialning egasi hisoblansangiz va veb-saytimizda foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan materiallar Sizning mualliflik huquqlaringizni buzayotgan deb hisoblasangiz, Siz mualliflik huquqining buzilishi to’g’risida xabarnoma yuborishingiz va DMCA shaklimizni to’ldirishingiz mumkin.

Mualliflik huquqining buzilishi haqida bizga xabar berish uchun quyidagilarni taqdim etishingiz kerak bo’ladi. Arizangizdagi barcha ma’lumotlar ingliz tilida bo’lishi kerak:

  1. Mualliflik huquqi bilan himoyalangan material egasi yoki egasi nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo’lgan shaxsning jismoniy yoki elektron imzosi;
  2. Mualliflik huquqining buzilishi to’g’risida xabarnoma qo’llaniladigan mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarning haqiqiyligini tasdiqlash. Shuningdek, ushbu materialning bizning veb-saytimizda joylashuvi to’g’risida barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etishingiz kerak;
  3. Siz mualliflik huquqi bilan himoyalangan barcha materiallarni aniqlashtirishingiz kerak. Agar Siz bizning veb-saytimizda joylashtirilgan bittadan ortiq materialni aniqlasangiz va Siz ushbu materiallarning barchasini qoidabuzarliklar to’g’risidagi arizada qayd etib xabarnoma yuborgan bo’lsangiz, Siz bizga barcha ushbu materiallarning to’liq ro’yxatini taqdim etishingiz kerak;
  4. Arizani to’ldiradigan shaxsning aloqa ma’lumotlarini (telefon raqami va elektron pochta manzili) taqdim eting;
  5. Mualliflik huquqining buzilishi haqida shikoyat bergan shaxsning vijdoniy qarashlarini tasdiqlash;
  6. Taqdim etilgan ma’lumotlarning aniqligi va da’vogar mualliflik huquqi bilan himoyalangan material egasi nomidan shikoyat taqdim qilishga vakolatli etilganligi hamda yolg’on guvohlik berish jazosi ostida bayonot qilinganligini tasdiqlash.

Mualliflik huquqi buzilishi bo’yicha shikoyat berishdan oldin advokat bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz. Iltimos, esda tutingki, mualliflik huquqining buzilishi haqidagi yolg’on da’volarni taqdim etish uchun javobgar hisoblanasiz. Mualliflik huquqi to’g’risidagi qonunning 512 (C) bandida aytilishicha, mualliflik huquqining buzilishi to’g’risida qasddan yolg’on ma’lumot taqdim etgan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin, deb yozilgan.

Tayinlangan agent tomonidan mualliflik huquqining buzilishi to’g’risidagi xabarnoma qabul qilingandan so’ng, kompaniya quyidagi huquqlarga ega:

  1. mualliflik huquqini buzadigan materiallarga kirish yo’lini olib tashlash yoki o’chirish;
  2. ushbu materialni taqdim etgan shaxsni, bizning obunachimiz yoki saytimiz foydalanuvchisini saytga qo’shilgan materiallar saytdan olib tashlanganligi yoki o’chirib qo’yilganligi to’g’risida xabardor qilish;
  3. Bir necha marta qoidabuzarlik takrorlangan hollarda, ushbu obunachi yoki foydalanuvchi saytdan o’chiriladi yoki biz ushbu foydalanuvchining bizning xizmatimizga kirishini cheklashimiz kerak bo’ladi.