Boks/MMA

Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorovning puerto-rikolik Xaver Floresga qarshi o’tkaziladigan jangi bekor qilindi.

36

Uning o’rniga endi Qudratillo (17-0, 9 KO) aprel oyida boshqa raqibga qarshi jang qiladi. Bu haqida bokschimiz Instagramdagi sahifasida malumot berdi. 

“Assalomu alaykum barchaga aziz yurtdoshlar, bizni qo’llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimiz. 13 mart kungi jangim raqibim tibbiy ko’rikdan o’ta olmagani sababli bekor qilindi. 

Jangga oz vaqt – 10 kun qolgandi. SHu sababli xech qaysi bokschi o’sha kuni jang qilishga rozi bo’lmadi. Xudo xohlasa navbatdagi raqibim kanadalik Kodi Krovli bo’ladi”, – deb xabar qoldirdi bokschimiz. 

Malumot uchun, Krovli shu kungacha 19 ta jang o’tkazib, ularning barchasida raqiblarini mag’lub etgan. 9 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Taqqoslash uchun, Qudratillo ayni paytda IBF reytingida birinchi o’rinni egallab turibdi. Krovli esa WBA reytingida 9-o’rinni band etgan. 

Fikr bildirish