Futbol klublari

PSJ Mbappening yangi shartnomasi uchun pulga ega emas

30

Fransuzning “Real”ga o’tishi yanada yaqinlashmoqda.
«PSJ» Kiliane Mbappe bilan shartnomani uzaytirilishiga yo’l qo’ya olmaydi
Fransuzning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo’ljallangan va uning uzaytirilishi hozirgi vaqtda Fransiya chempionlari uchun ustuvor masala emas.
Buning ustiga, ular Kilianni yangi kelishuvga ishontirish oson bo’lmasligini tushunishadi: «Real Madrid» futbolchini o’ziga qiziqtirmoqda, PSJning o’zi esa yosh yulduzga Neymar darajasida maosh taklif qilishga puli yo’q. Soliqlar to’langandan keyin braziliyalik yiliga 30 million yevro ishlab topadi va bunday yuqori maoshga ega bo’lgan ikkita o’yinchini saqlash uchun Parijning puli yetmaydi.

Fikr bildirish