Madridning “Real” klubi hujumchisi Marko Asensio faoliyatini Fransiya Liga—1 musobaqasida davom ettirishi mumkin.
Fransuz nashrlari xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga Parijning PSJ klubi qiziqish bildirmoqda. Ma’um bo‘lishicha, parijliklar futbolchining transferi uchun 40 million yevro taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Asensioning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.