Futbol

Qirol Leo: Kataloniyadagi shohona hayot

737

Yaqindagina o‘z jamoasini tark etishi aytilayotgan Messining klub bilan faoliyati yana davom etishi oydinlashdi. Lionel Messi «Barselona»ning bergan yangi taklifiga rozilik bildirib, ketmasligi ma’lum qilindi. Albatta, u Kataloniyani va poytaxt Barselonani yaxshi ko‘radi. Umrining oxirigacha o‘sha yerda qolishni istashini ham yashirib o‘tirmaydi. Afsonaviy futbolchi hozirga qadar u yerda baxtiyor yashagan. Quyida esa Messining shaxsiy hayotiga bir qadar nazar solishga harakat qilamiz.

Messi «ko‘k-anorranglilar» libosida yiliga 123 million funt (!) ishlab topmoqda. Agar ushbu yozda klubni tark etganida, unga qo‘shimcha 35 million «sodiqlik» to‘lovi taqdim etilar edi. Messi ushbu katta mablag‘lar evaziga, tabiiyki, yaxshi yashamoqda. U Kataloniyada aql bovar qilmaydigan turmush tarzini yarata olgan. U yerda Messiga tegishli bo‘lgan bir-nechta hashamatli uy, ajoyib villalar va super modeldagi mashinalar bor.

Uyi haqida…

Barselonaning dengizga tutash qismida, parvoz qilish taqiqlangan va osoyishta hududda Messining hashamdor qarorgohi mavjud.

Qirol Leo: Kataloniyadagi shohona hayot

Ushbu uy umumiy narxi 5,5 million funtga baholangan. Sobiq jamoadoshi Ivan Rakitich so‘zlariga ko‘ra, uy “Kamp Nou”dan atigi 12 mil uzoqda joylashgan bo‘lib, unda kichik futbol maydoni, suzish havzasi, yopiq sport zali va uch farzandi uchun o‘yin maydonchasidan tashkil topgan. Baleyar dengizi bilan o‘ralgan qirg‘oqdagi manzara o‘ziga xos, siz bunday go‘zallikni Parij, Manchester yoki Londonda uchratmaysiz.

Xususiy samolyoti haqida…

Bordiyu, Messi shoshilinch ish bilan safarga chiqishi kerak bo‘lsa, o‘zining shaxsiy samolyotidan foydalanadi. Samolyot qiymati 12 mln. funtni tashkil qiladi va dum qismida mashhur o‘ninchi raqami belgisi tushirilgan.

Qirol Leo: Kataloniyadagi shohona hayot

Qurilma Argentinada yasalgan. Chiqish zinapoyasiga esa farzandlari – Tiyago, Chiro va Mateoning ismi bilan bezatilgan. Samolyot ichida oshxona va barcha qulayliklar muhayyo qilingan.

Qirol Leo: Kataloniyadagi shohona hayot

Mashinalari haqida…

Uning eng sevimli avtosi, qiymati 3 millionga teng bo‘lgan – Pagani Zonda!

Shuningdek, uning garajida 100 ming funtlik GranTurismo S va Gran Turismo MC  Stradale markali «Maserati»lar ham jamlangan.

Qirol Leo: Kataloniyadagi shohona hayot

Aytishlaricha, Kataloniya ko‘chalarida u ko‘pincha Ferarri F43 Spider sportkarini boshqarishni yaxshi ko‘radi. Ushbu avtomobil narxi – 173 ming funt-sterlingga teng. Bir necha yil ilgari, nemis brendi bo‘lmish, «Audi» bilan shartnoma qilingan edi. «Barselona»ning 2020 yilda kontraktni bekor qilishi, Messining ushbu gigant konsern avtolarini minmay qo‘yishiga olib kelgan.

Qirol Leo: Kataloniyadagi shohona hayot

Mehmonxonalari haqida…

Barselona shahrida turizm juda katta salohiyatga ega soha bo‘lganligi tufayli (pandemiyadan ilgari), Messi o‘z boyliklarini aql bilan yo‘naltirdi. Futboldagi raqibi Krishtianu singari, u ham mehmonxona biznesi bilan shug‘ullana boshladi. Shahardan 27 mil uzoqlikdagi Sitges qo‘rg‘oni qirg‘oqlaridan 26 millionga mehmonxona sotib oldi. To‘rt yulduzli MiM Sitges mehmonxonasi dengizdan atigi 100 m. masofada joylashgan.

Qirol Leo: Kataloniyadagi shohona hayot

Mehmonxonada bir kecha tunash narxi – 105 funt-sterling tashkil etadi. Katta qulayliklarga ega inshootning tom qismida hovuz bilan jihozlangan Sky Bar mavjud.

Ta’tillari haqida…

Mavsumlar oralig‘ida Leo obdon dam olishni odat qilgan. Asosan, oila bag‘rida kun o‘tkazadi. Dam olish uchun xususiy yaxta ijaraga olib, oilasi bilan Ibisa yoki Formenterra shaharchalariga zavq olish uchun tashrif buyuradi. 2020 yilgi ta’tilda, do‘stlari Suares va Fabregas hamda ularning oila a’zolari bilan orollar bo‘ylab sayohatga chiqqan edi. O‘shanda, ular 92 fut uzunlikdagi Seven C charter qayig‘ini ijaraga olishgan. Haftasiga 40 ming funt turadigan qayiqda barcha qulayliklar mavjud va maroqli ta’tilga mos jihozlangandi. Ilgari Messi hattoki, Karib dengizidagi hashamatli Jumby Bay‘ga dam olgani borib turgan.

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Fikr bildirish