Futbol

“Qo’qon-1912” yetakchilari kelgusi mavsumda ham jamoada qoladigan bo’lishdi

17

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari kuniga ikki mahaldan mashg’ulotlarda ishtirok etishmoqda. Mashg’ulotlarning birinchi qismi futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirishga qaratilayotgan bo’lsa, ikkinchi qismda asosan to’p bilan ishlashga e’tibor qaratilmoqda.

“SHunqorlar”ning mashg’ulotlari “Ahmadxon sport majmuasi”ning sun’iy qoplamali maydonida olib borilyapti. Jamoa tarkibida hozircha o’zgarishlar bo’lgani yo’q. Biroq murabbiylar superligada to’p surgan bir qator mahoratli futbolchilarni jamoaga taklif qilish borasida ishlarni olib borishmoqda. Kelgusi yilning yanvar oyida Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan navbatdagi yig’in chog’ida bir qator yangi nomlar jamoa tarkibiga qo’shilishi kutilmoqda. SHuningdek o’rinbosarlar jamoasiga ham bir qator yosh futbolchilarni tarkibga qo’shish maqsadidagi ko’rik bo’layotganidan barchangizni xabaringiz bor.

“Qo’qon-1912” jamoasi bilan shartnomalarining muddati yakuniga yetgan jamoaning yetakchi futbolchilari, Murod Xolmuhammedov, Suhrob Berdiev hamda Quvondiq Ro’ziev kelgusi mavsumni ham “shunqorlar” tarkibida o’tkazadigan bo’lishdi. Futbolchilar hamda jamoa rahbariyati o’rtasidagi muzokaralar ijobiy yakunlandi.

Quyida kechagi kunning ikkinchi yarmida hamda bugungi kunning birinchi yarmida bo’lib o’tgan mashg’ulotlardan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

 

Fikr bildirish