Xokkey

QXL rasmiy ravishda chempionat 10 aprelga qadar to’xtatilganini e’lon qildi

17

Qit’a xokkey ligasi rasmiy ravishda chempionat 10 aprelga qadar to’xtatilishini e’lon qildi. QXL Sport vazirligining tavsiyalari, hududiy hokimiyatlarining qarorlari va epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda chempionatning ikkinchi bosqichini to’xtatishga qaror qildi.

Agar 10 apreldan keyin cheklov choralari kamaytirilsa yoki olib tashlansa, QXL klublar uchun chempionatning ikkinchi bosqichiga tayyor bo’ladi. QXL formati va sanasini o’z rasmiy Internet-resurslarida e’lon qiladi.

Agar Rossiya hududlarida “Yuqori tayyorgarlik” rejimi uzaytirilsa va epidemiologik vaziyat tufayli uchrashuvlarga borishga cheklovlar qo’yilsa, QXL qo’shimcha xabar bilan chiqish qiladi.

Fikr bildirish