FutbolReal Madrid

Ramos: biz “Atletiko” bilan o’yinda yutqazdik

128

“Real” jamoasining kapitani Serxio Ramos Xalqaro chempionlar kubogida “Atletiko” bilan bo’lib o’tgan o’yindagi mag’lubiyat (3:7) haqida fikr bildirdi.

“His-tuyg’ular jirkanch. Lekin biz mavsumni endi boshladik. Bu o’yinni biz o’rtoqlik o’yini kabi qabul qildik, “Atletiko” esa boshqacha qabul qildi. Hisob juda katta. Biz yutqazdik. Har qanaqasiga yutqazish mumkin, faqat bunday emas. Ikkinchi taymda yutish uchun, biz birinchi taymda gol urishga harakat qildik. Bunga erishdik. Ammo bu baribir juda yomon natija. Bizda maqsad bilan muammo yo’q. Biz ko’p marta g’olib bo’lganmiz, ammo bu ortda qoldi. Endilikda biz o’tgan mavsumni unutib hammasini noldan boshladik. Jamoaga ishonaman. Agar bir foiz shubxam bo’lganida, men birinchi bo’lib ketardim”, – deya Marsa Ramosning so’zlarini keltiradi.

Fikr bildirish