Futbol

Ramos yakuniy qarorni qabul qiladi, ammo

23

Marca nashrining yozishicha, «Qirollik klubi» jamoa yetakchisi Serxio Ramos bilan yangi kelishuvini muhokama qilishda davom ettirmoqda. Futbolchining klubning birinchi taklifidan bosh tortganidan so‘ng, Ramos va jamoa prezidenti Florentino Peres o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lishidan qo‘rqishgan edi, ammo o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, bu ikki inson o‘rtasida barchasi yaxshi ekanligi aytib o‘tildi.

Peres va Ramos o‘rtasidagi qisqa suhbat, juda oson tarzda bo‘lib o‘tdi va yakuniy qaror yaqin kunlarda e’lon qilinadi. «Real Madrid» ham  kundalik hayotning deyarli barcha tarmoqlarida bo‘lgani singari  COVID-19 pandemiyasidan keyin  ish haqini qisqartirish kabi holatni boshdan kechirmoqda. Hozirgi sharoitda Peres Ramosning uch yil davomida yuqori maosh olish haqidagi dastlabki talablarini qabul qila olmaydi.

Fikr bildirish