“Manchester Yunayted”ga yangi murabbiylar shtabining kelishi bilan katta o‘zgarishlar kutilmoqda. “The Sun” gazetasi jurnalistlarining xabar berishicha, jamoaning yangi murabbiyi Ralf Rangnik “qizil iblislar” safini jiddiy ravishda yangilamoqchi.
Nemis mutaxassisi ko‘plab yulduz futbolchilarga, jumladan portugaliyalik Krishtianu Ronalduga ham chiqish eshigini ko‘rsatishi mumkin. Klub 36 yoshli hujumchidan tashqari Edinson Kavani, Nemanya Matich, Pol Pogba, David de Xea, Markus Reshford va Lyuk Shou bilan ham xayrlashishi mumkin.
63 yoshli mutaxassis 29 noyabr kuni “Manchester Yunayted” ustozi etib tayinlangan edi. U 2021/2022 yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan. Jamoa boshqaruvida Rangnik yomon natijalar uchun ishdan bo‘shatilgan Ole-Gunnar Sulsher o‘rnini egalladi.