Futbol

Rasman: Anzur Ismoilov “Paxtakor” futbolchisi

67

2003-09 yillarda “Paxtakor” safida o’ynagan Anzur Ismoilov keyinchalik “Bunyodkor” safiga ko’chib o’tgan va shundan so’ng 8 yil Xitoy Superligasida faoliyat olib borgandi. 2018 yil O’zbekistonga qaytgan himoyachi nihoyat o’zi uchun qadrdon sanalgan “Paxtakor”da faoliyatini davom ettiradigan bo’ldi. Ismoilov hozirgacha “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” tarkibida O’zbekiston chempioniga aylangan, shuningdek, O’zbekiston Kubogi va Superkubogida ham muvaffaqiyatga erishgan. CHempionat doirasida jamoamiz safida 68 uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urishga erishgan.

“Paxtakor”ga erkin agent sifatida qaytgan Anzur Ismoilov klubimiz bilan uzaytirilishi mumkin bo’lgan bir yillik shartnoma (1+1)ga imzo chekdi. Uning qaytishi omadli chiqadi va Anzur g’alabalarimizga munosib hissa qo’shadi deb umid qilamiz! Qaytishing muborak, Anzur!”, – deyiladi “Sherlar” matbuot xizmati bergan xabarda.

Anzur Ismoilov
Tug’ilgan sanasi:
14.04.1985
Ampluasi: himoyachi
O’ynagan jamoalari: “Traktor”, “Paxtakor”, “Dinamo”, “Bunyodkor”, “CHanchun Yatay”, “Lokomotiv”.

Fikr bildirish