Jang san’atlari

Rasmiy ravishda: Ozarbayjonda Formula-1 bosqichi koronavirus tufayli qoldirildi

23

Formula-1 matbuot xizmati Ozarbayjon Gran-prisi belgilangan sanada o’tkazilmasligini rasman tasdiqladi. Bosqich tashkilotchilari koronavirus tarqalishi xavfi tufayli kechiktirishga qaror qilishdi.

Avvalroq Bahrayn, Vyetnam, Xitoy, Gollandiya va Ispaniyadagi poygalar qoldirilgan edi. Avstraliya va Monakoda bosqichlar bekor qilindi. 5-7 iyul kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan Ozarbayjon Gran-prisi ushbu Formula 1 mavsumida birinchi bo’lishi kerak edi.

Fikr bildirish