“Real“ Chempionlar Ligasi 1/8 finalining “Atalanta“ga qarshi birinchi o‘yini uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Serxio Ramos, Daniel Karvaxal, Marselo, Eder Militao, Fede Valverde hamda Eden Azarlar hali jarohatdan forig‘ bo‘lishmagani sababli ro‘yhatga kiritilishmagan.
Shuningdek, hujumchi Karim Benzema ham. Avvalroq, fransuzning mashg‘ulotlarda jarohat olgani tufayli, 19 fevral kungi “Valyadolid“ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborganligi va u Italiya safariga yo‘l olmasligi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi.